Uzuk asosi zargarlik misi, ustidan 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Pushti tus sariq tilladan yumshoqroq, bej, kulrang va pudra ranglar bilan yaxshi uygunlashadi. Uni koylak, shim yoki trikotaj kiyim bilan taqish qulay. Bir rangdagi zirak bilan birga tanlansa, yaxlit va bejirim komplekt chiqadi. Uxlashdan va uy yumushlaridan oldin uzukni yeching, atir hamda krem tegmasin, taqqandan keyin quruq mato bilan artib, boshqa taqinchoqlardan alohida qutichada saqlang.

