Uzukning asosi mis, ustki qatlami 18 karat pushti tilla bilan yugurtirilgan. Tus iliq, pushtiga moyil, yorug'likda yumshoq nur qaytaradi. Har kuni taqishga qulay: jinsi va sviter bilan, koylak bilan, yozgi libos bilan yarashadi. Shu tusdagi ziraklar va kulon bilan komplekt bo'ladi, ikkinchi qo'ldagi ingichka bilaguzuk bilan ham yaxshi ko'rinadi. Qoplama uzoq turishi uchun tozalash, ovqat tayyorlash va mashqlar vaqtida uzukni yeching, keraksiz o'rinda ho'llamang, atir yonida qoldirmang. Quruq joyda, xaltachada yoki quti bo'lmasida saqlang.

