Misdan uzuk, yuzasi 18 karat tilla yugurtirilgan, ko'zi fianit. Tosh tiniq, qo'l harakatlanganda nurni yig'ib qisqa uchqun beradi. Model ko'p holatga mos: kundalik kiyimga ham, uchrashuvga ham, bayramga ham yarashadi. Xuddi shunday qoplamali ziraklar yoki kulon bilan to'plam yig'ish mumkin. Parvarishi oson: dushdan va uy tozalashdan oldin yechib qo'ying, basseynga taqib tushmang, taqqandan keyin yumshoq quruq mato bilan arting. Qoplama ishqalanmasligi uchun boshqa buyumlardan alohida qutichada saqlang.

