Jezdan tayyorlangan uzuk, sirti 18 karat tilla yugurtirilgan. Yuza qismida fianit toshlar terilgan, ular tiniq va aniq jilo beradi. Uzuk yakka holda ham, yonidagi barmoqqa taqilgan ingichka silliq uzuk bilan birga ham yarashadi. Ish kiyimiga ham, kechki libosga ham mos tushadi. Buyumni suv, atir va kimyoviy vositalardan asrang, yopiq qutida saqlang, vaqti-vaqti bilan yumshoq mato bilan arting.

