Mis asosidagi zargarlik qotishmasidan uzuk, 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Qoplama tusi iliq shaftoli rangga yaqin, shuning uchun oq va bug'doyrang teriga bir xil yarashadi. Uni yolg'iz taqish yoki yonidagi barmoqqa ingichkaroq uzuk qo'shib kiyish mumkin. Uzuk jinsi va svitirga ham, rasmiy ko'ylakka ham mos keladi. Parvarishning asosiy qoidasi oddiy: suv, krem va maishiy kimyo bilan kamroq tegizing. Taqib bo'lgach quruq yumshoq mato bilan arting va alohida xaltacha yoki qutida saqlang.

