• Brend TUOHAI
• Model BE 8000 / 9000 / 10000
• G'altak turi Inersiyasiz (Bezyinersion)
• Uzatish nisbati 4.7:1
• Shpulya turi Long Cast (konusli)
• Shpulya materiali Metall
• Friksion tormoz Oldingi
• Tutqich (Ruchka) Metall, buklanadigan
• O'rnatish tomoni Chap / O'ng (almashadigan)
• Baliq turi Karp, Sazan, Oq amur
TUOHAI BE seriyali kuchli inersiyasiz g'altak – uzoq masofa va ishonchlilik
Baliq ovida uzoq masofaga aniq otish va yirik o'ljani qiyinchiliksiz tortib chiqarish muhim bo'lsa, TUOHAI BE seriyasi eng to'g'ri tanlovdir. Ushbu g'altak maxsus og'ir yuklamalar va ekstremal sharoitlar uchun ishlab chiqilgan bo'lib, o'zining mustahkam korpusi va silliq ishlashi bilan ajralib turadi. Uzoq masofaga otish (Long Cast) tizimi tufayli qirg'oqdan turib eng uzoq nuqtalarni ham zabt etishingiz mumkin.
G'altakning eng muhim qismi – bu uning konus shaklidagi metall shpulyasidir. Ushbu geometriya ipning (leska) chiqib ketishida ishqalanishni minimallashtiradi. Natijada, siz odatdagi g'altaklarga qaraganda ancha uzoqroq masofaga otish imkoniga ega bo'lasiz. Shpulya chetlari silliqlangan bo'lib, bu ipning yemirilishini oldini oladi.
G'altak 4.7:1 uzatish nisbatiga (peredatka) ega. Bu ko'rsatkich g'altakning tezligidan ko'ra ko'proq uning kuchiga (tyaga) urg'u berilganini anglatadi. Bu mexanizm yordamida siz og'ir qo'rg'oshinlar (gruzila) va yemdonlarni (kormushka) suvdan osongina chiqarib olishingiz, shuningdek, yirik va kuchli o'ljalar bilan kurashganda ustunlikka ega bo'lishingiz mumkin.
TUTOHAI BE kuchaytirilgan korpusga ega bo'lib, ichki mexanizmlarni zarbalar va changdan himoya qiladi. Metall tutqich (ruchka) CNC texnologiyasida yasalgan va katta yuklamalarda sinmaydi. Tutqichning uchi (knob) katta va qulay bo'lib, qo'ldan sirpanib ketmaydi va aylantirish jarayonini yoqimli qiladi. Tutqichni chap yoki o'ng qo'lga moslab o'rnatish imkoniyati mavjud.

