...Bu dahshatli o‘yin — omon qolish uchun kurash edi. Bu «Uzoq yurish» edi. O‘lim bilan yonma-yon yurish; zero, yiqilgan har qanday kishini o‘lim kutardi. Baxt sari eltuvchi yo‘l — chunki g‘olib barchasiga ega bo‘lardi.
Ko‘pchilik «Uzoq yurish»ga otlanardi, ammo faqat bittagina kishi uni yakunlardi. Qolganlar yo‘l chetida jon taslim qilardi — negaki, bir kishi uchun baxtga yetaklovchi yo‘l ko‘pchilik uchun so‘nggi manzilga aylanardi.

