Stiven King o‘g‘li Ouen bilan hamkorlikda yozgan roman. Ushbu kitobda ota va o‘g‘il qiziqarli va o‘ta keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘luvchi savolni o‘rtaga tashlaydilar: agar ayollar bo‘lmaganida, dunyomiz qanday ko‘rinish olgan bo‘lardi?
Appalachi tog‘lari etagidagi kichik shaharchaning osoyishta hayoti tushunarsiz hodisa tufayli izdan chiqadi: ayollar ketma-ket g‘alati uyquga ketib, nozik pilla ichida qolib ketadilar. Ularni ochishga uringan har qanday odam uyqudagilarni uyg‘otib yuboradi — biroq buning evaziga g‘ayriinsoniy g‘azab va shafqatsizlikka duch keladi...

