• Xotira effekti — material tananing shakliga moslashadi va maksimal qulaylikni ta’minlaydi
• Anatomik shakl — uyqu vaqtida bosh va bo‘yinning tabiiy holatini saqlab turadi
• Mushaklarni bo‘shashtiradi — bo‘yin va yelka mushaklarini tinchlantiradi, og‘riqni kamaytiradi
• Qon aylanishini yaxshilaydi — bo‘yin sohasida qon oqimini erkinlashtiradi
• Umurtqani qo‘llab-quvvatlaydi — tananing to‘g‘ri holatini va tabiiy shaklini saqlaydi
• Gipoallergen material — sezgir teri uchun xavfsiz, allergiya chaqirmaydi
• Har kuni foydalanish uchun mos — sog‘lom va tinch uyquni ta’minlaydi
Xotira effekti bilan anatomik yostiq
Ko‘pchiligimiz yumshoqligi, shishaligi, kattaligi yoki aksincha, kichikligi bilan yoqadigan yostiqlarda uxlashga o‘rganib qolganmiz. Ammo uyg‘ongan paytimizda bo‘yinda og‘riq, belda og‘riq, boshda og‘irlik sezamiz va bularning sababi sevimli yostiq ekanini hatto o‘ylab ham ko‘rmaymiz.
Uyqu — kun tartibining juda muhim qismi, chunki aynan uyqu paytida organizm tiklanadi va energiya bilan to‘ladi. Noto‘g‘ri tanlangan yostiq esa uyqu sifatini buzadi va sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi: qon aylanishi yomonlashadi; umurtqa va mushaklar zo‘riqadi; organizm to‘liq dam ololmaydi; bosh miyasini oziqlantiruvchi umurtqa arteriyalari siqiladi; uyg‘onganda noqulaylik hissi paydo bo‘ladi; migrenlar paydo bo‘ladi.
Natijada hayot sifatini yomonlashtiruvchi turli kasalliklar rivojlana boshlaydi.
Natural Health kompaniyasining anatomik yostig‘i sizning tanangizning anatomik shakliga moslashadigan, mushaklar va umurtqadagi zo‘riqishni kamaytiradigan, to‘liq dam olish va kun bo‘yi tetiklikni ta’minlaydigan noyob innovatsion materialdan tayyorlangan.
Anatomik yostiq xotira effektiga ega bo‘lgan innovatsion, yuqori texnologiyali materialdan tayyorlanadi. Inson tanasi yostiqqa tegishi bilan material bosim tushgan joylarda tananing shakliga moslashadi, bosim bo‘lmagan joylarda esa elastikligicha qoladi.
Xotira effektining foydali jihatlari:

