Tavsif
uvex 1 sport – bu sport uslubi va yuqori funksionallikni o‘zida mujassam etgan, burun qismi himoyasiz bo‘lgan yengil va zamonaviy professional yarim poyabzaldir. Havo o‘tkazuvchan materiallar, yumshoq amortizatsiya va anatomik taglik (podoshva) tufayli, ushbu poyabzal kun bo‘yi qulaylikni ta’minlaydi. Kundalik ish faoliyati va yengil turdagi ishlar uchun juda mos keladi.
Materiallar:
- Ustki qismi: yuqori texnologiyali sintetik material
- Astari: havo o‘tkazuvchan, iqlimiy optimallashtirilgan
- Stelkasi: yechiladigan, antistatik, namlikni chetlashtirish tizimiga ega, tovon va burun qismida amortizatsiyali
- Tagligi: ikki qatlamli poliuretan, sirpanishga chidamli
- Xrom, silikon va yumshatuvchi moddalardan xoli
Standartlar:
- EN ISO 20347:2022 O1
- Qo‘shimcha markirovka: SR (sirpanishga yuqori chidamlilik)
- ESD talablariga javob beradi (oqish qarshiligi < 100 MOm)
Xususiyatlari:
- Juda yengil va egiluvchan professional yarim poyabzal
- Allergiya bor insonlar uchun mos keladi (xrom moddasi yo‘q)
- Deyarli choksiz konstruksiya – siqish (bosim) nuqtalarining oldini oladi
- Amortizatsiyali, sirpanmaydigan PU (poliuretan) taglik
- Tilcha va yoqa qismida yumshoq qoplama
- Ayollar qolipidagi o‘lchamlar ham mavjud (35–40)
Qo‘llanish sohalari:
- Yengil ish sharoitlari, logistika, xizmat ko‘rsatish sohasi, kundalik kiyish