USB orqali quvvatlanadigan elektr yoyli zajigalka
• 360° egiluvchan korpus: Barmoqlarni kuydirmasdan gaz plitasi, chuqur shamlar va mangaldagi ko‘mirni turli burchaklardan yoqishga yordam beradi.
• Shamoldan himoya: Elektr yoy shamolda ham oddiy alangaga qaraganda barqarorroq ishlaydi. Sayohat va tabiat qo‘ynida dam olish uchun qulay.
• Quvvat indikatori: 4 ta LED chiroq quvvat darajasini ko‘rsatadi.
• Xavfsizlik: Qisqa tutashuvdan himoya va 7–10 soniya ishlagandan keyin avtomatik o‘chish funksiyasi mavjud.
• Tejamkor foydalanish: Gaz yoki benzin talab qilmaydi. USB kabeli orqali qayta quvvatlanadi.
Qo‘llanilishi: Shamlar, gaz plitalari, mangal, barbekyu va kaminlarni yoqish uchun.

