Bolalar uchun qulay va chiroyli robot shaklidagi USB stol lampasi
Ushbu zamonaviy LED lampa nafaqat yorugʻlik manbai, balki chiroyli dizayni bilan farzandingizning ish stolini bezatadi. Robot ko‘rinishidagi bu stol yoritgichi bolalar uchun xavfsiz materiallardan tayyorlangan. Yoritgichga qo‘shimcha ravishda ruchkalar, qalamlar yoki boshqa kantselyariya buyumlari uchun stend mavjud.

Asosiy xususiyatlari:
Yumshoq LED yorugʻlik — ko‘zni charchatmaydi
USB orqali quvvatlanadi — kompyuter yoki adapterga ulash mumkin
Ergonomik va o‘ziga xos dizayn — bolalar uchun ayni muddao
Kichik o‘lcham — stol ustida kam joy egallaydi
Ushbu bolalar uchun stol lampasi o‘qish, yozish yoki rasm chizish paytida ideal yordamchi bo‘ladi. Sovgʻa sifatida ham ajoyib tanlov!

