Epik roman syujeti haqida yozish — jasorat talab qiladigan ish. Uni cheklangan hajmga sig‘dira olmaslik xavfi juda katta. Shu bois, keling, «Urush va tinchlik» asarini shoirlar emas, balki fiziklar kabi ta’riflaylik; axir fiziklar hatto Koinot haqida so‘z yuritganda ham lo‘nda ifodalarga tayanadilar. Demak: Kutuzov va Napoleon — ikki magnit qutbidir.

