Roman-epopeya syujeti haqida yozish — avantyura. Cheklangan miqdordagi satrlarga sig‘may qolishning ulkan imkoniyatlari mavjud. Shuning uchun "Urush va tinchlik"ni liriklar emas, fiziklar sifatida tasvirlaymiz. Axir fiziklar Koinot haqida gapirganda ham lo‘nda gapiradi. Shunday qilib, Kutuzov va Napoleon — ikki magnit qutbidir. Ular orasidagi bo‘shliqdagi alohida kuch chiziqlari romanning qahramonlari bo‘lsin. Bundaylar 569 nafarni tashkil etadi. Bular jumlasiga jamiyatning barcha sinflari, barcha yoshdagilar va xarakterlar kiradi; muallif ularning imo-ishoralari, yuz ifodalari va hatto fikrlarini ham tahlil qiladi.

