Qizlar uchun zamonaviy va qulay trikotaj kostyum-dvoyka (3–5 yosh)
Kichkintoy malikangiz uchun ham chiroyli, ham juda yumshoq va amaliy kiyim qidiryapsizmi? Yurakchalar printi bilan bezatilgan ushbu yorqin toʻplam har bir qizaloqqa manzur boʻladi!
Asosiy afzalliklari:
- Tabiiy va xavfsiz tarkib: 60% paxta va 40% poliester aralashmasidan tayyorlangan yumshoq trikotaj mato havoni yaxshi oʻtkazadi va teriga yoqimli.
- Chidamlilik va amaliylik: Mato koʻp yuvilganda ham shaklini yoʻqotmaydi, tivitlamaydi va yorqin ranglarini saqlab qoladi.
- Maksimal qulaylik: Yeng va shim etaklaridagi yumshoq manjetlar shamoldan hifoyalaydi va kiyimning oʻtirshini qulay qiladi.
- Koʻp qirrali uslub: Bogʻcha, har kungi sayrlar, mehmondorchilik va foto-sessiyalar uchun ideal tanlov.
Oʻlchamlar jadvali:
- 98 oʻlcham: 3 yosh
- 104 oʻlcham: 4 yosh
- 110 oʻlcham: 5 yosh