• 24Volt 10 Amper
• 24Volt 15 Amper
• 24Volt 20 Amper
• 24Volt 30 Amper
• 24Volt 40 Amper
• 24Volt 50 Amper
• 24Volt 60 Amper
• Stabil impulsli ta'minot manbai
• Maxsulotlarimiz orasida boshqa volt va amperli blok pitaniyalar ham bor
Ushbu quvvat manbai barqaror, ishonchli va doimiy 24V ta'minotini talab qiluvchi turli xil elektron qurilmalarni quvvatlantirish uchun mo'ljallangan. Uning ixcham o'lchamlari va engil vazni uni uyda, ofisda yoki boshqa joyda o'rnatishni osonlashtiradi. Ushbu quvvat manbai korpusi maxsus teshilgan alyuminiy va zanglamaydigan po'latdan yasalgan bo'lib, haddan tashqari issiqlikning oldini oladi va uzoq muddatli, ishonchli ishlashini ta'minlaydi.

Kirish kuchlanishi borligini ko’rsatib turuvchi indikator (chiqoqchasi) ham mavjud. Bundan tashqari kuchlanishni biroz bo’lsada (21V-26V) o’zgartirishingiz ham mumkin. Yuqori darajadagi qisqa tutashuvdan himoya qiladi. Shift, devor va elektroshitlar ichiga qotirish uchun maxsus teshiklari ham mavjud. Eslatma: Qotirish uchun bolt gaykalar komplektiga kiritilmagan.
Haridorlarga qulaylik qilish maqsadida, quyidagi pitaniya kabeli tovar komplektiga qo'shilgan.

Ushbu kabel uzunligi 1,5 metr. (ba'zi omadli haridorlarimiz 2 yoki 2,5 metr uzunlikdagi kabellar olishlari mumkin).
Muhim tavsiyalar:
- Ta’minot manbaiga qurilmangizni musbat va manfiy (±) tamonlarini tekshirib, to’g’ri ulang
- 220 Volt kuchlanishni ham ehtioytkorlik bilan ulang. Simlar bir biriga tegib ketmasligiga amin bo’ling
- Ta’minot manbaiga avval barcha simlarni to’g’ri ulab bo’lgandan keyingina elektr to’kiga ulang
Qurilmalaringizning uzoq muddatli va barqaror ishlashini ta'minlash uchun – talab etilgan (Amper) tok kuchidan biroz kattaroq amperli ta’minot manbaidan foydalaning. Masalan qurilmangizga 24Volt 10Amper kerak bo’lsa, siz 24Volt 15 Amperligidan foydalaning. Bu elektr ta’minotidagi yukni kamaytiradi, ta’minot manbai (blok pitaniya)ni va unga ulangan qurilmangizni ham sizga uzoq yillar xizmat qilishiga sabab bo’ladi.
- 24Voltdan kam kuchlanish tavsiya etiladigan qurilmalarga aslo ulamang. Bu qurilmangizni ishdan chiqaradi.
Eslatma: Blok pitaniyamiz sifatli bo’lsada, 100% ko’rsatilgan Amper chiqarib bera olmaydi. Taxminan 10%gacha past bo’lishi mumkin.
Texnik xarakteristikalari:
Kirish kuchlanish: AC ̴185-250V
Chiqish kuchlanish: 24Volt
Quvvati: 10A=240W 15A=360W 20A=480W
30A=720W 40A=960W 50A=1200W 60A=1440W
Ulanish: Vintli qotirmalar orqali
Ish joyidagi harorat nominali: -15 dan +45C gacha

