HOZIRGINA NASHRDAN CHIQDI!
Milliy sertifikatga tayyorgarlik jarayonida ko‘plab nomzodlar badiiy asarlar yuzasidan tushadigan savollarga yetarlicha e’tibor bera olmaydi. Bunga sabab — barcha asarlarni qayta o‘qish, voqealar ketma-ketligi, obrazlar, muallif qarashlari va asardagi muhim jihatlarni yodda saqlash katta vaqt va mehnat talab qilishidir. Natijada tayyorgarlikning eng muhim yo‘nalishlaridan biri ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi.
Vaholanki, badiiy asarlar yuzasidan beriladigan savollar imtihondagi eng yuqori ballni qo‘lga kiritishda muhim imkoniyatlardan biridir. Ushbu savollarni puxta o‘zlashtirgan nomzod o‘z bilimini namoyon etish bilan birga, umumiy natijasini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin.
Mazkur to‘plam aynan shu muammoning amaliy yechimi sifatida yaratildi. Unda Milliy sertifikat imtihoniga mos shaklda tuzilgan badiiy asarlar bo‘yicha test topshiriqlari hamda ularni chuqurroq anglashga yordam beruvchi asar tahlillari jamlangan.
Bu kitob sizga ko‘plab asarlarni qayta-qayta o‘qib, muhim jihatlarni alohida izlab vaqt sarflash o‘rniga, asarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va test orqali bilimingizni mustahkamlash imkonini beradi.

