Barcha fasllarga va iklimga moslik: Maxsus kauchuk tarkibi ho'l va quruq yo'l yuzasida birdek yuqori ilashishni ta'minlaydi.
Ishonchli ilashish va tormozlanish: Protektor naqshlari suv va loyni tezda chiqarib tashlaydi, burilishlarda sirpanishning oldini oladi.
Yuqori yuklamaga chidamli kord: Mustahkam konstruktsiya teshilishlar, g'ildirak deformatsiyasi va yeyilishga o'ta bardoshli.
Qulay va xavfsiz haydash: Harakat vaqtida ravonlik yaratadi hamda boshqaruvni yengillashtiradi.
Keng o'lchamlar assortimenti: Har qanday rusumdagi skuter, moped va yuk tritsikllari uchun mos keladigan o'lchamni tanlash imkoniyati.
DEFT MOTO shinasi — bu skuter, moped, elektroskuter hamda motorollerlar uchun mo'ljallangan sifatli va har qanday ob-havoga mos keluvchi pokrishkadir.
Ushbu shina o'zgaruvchan havo harorati va yo'l sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan. Shina protektoridagi maxsus ariqchalar nam yo'llarda suvni samarli haydaydi, bu esa tormoz yo'lini qisqartiradi va haydash xavfsizligini oshiradi.
Mustahkamlangan kord strukturasi tufayli shina uzoq vaqt davomida yemirilmaydi va yuqori og'irlikdagi yuklarga chidaydi. Kuryerlik xizmati, kundalik shahar qatnovi hamda qishloq yo'llarida foydalanish uchun juda mos keladi.
Mavjud o'lchamlar assortimenti
14x2.50
16x2.50
16x3.00
20x300
300x8
400x8
300x10
350x10
400x10
300x12
350x12
375x12
400x12
450x12
500x12
Texnik xususiyatlari
Brend: DEFT MOTO
Vazifasi: Skuter, moped, elektroskuter, motoroller, tritsikl
Mavsumiyligi: Har qanday fasl uchun (всесезонная)
Yo'l qoplamasi: Quruq va ho'l asfalt, tuproq yo'l
Xususiyatlari: Yeyilishga chidamli kauchuk, chuqur protektor, kuchaytirilgan kord

