Vodiy universal elektr uzaytirgichi kundalik yumushlarda qo'l keladi. Endi siz uy ofis va boshqa joylarda 3 ta moslamani yonma yon holatda ruxsat etilgan quvvatda ulashingiz mumkin. Sifati yaxshi, ixcham va chiroyli dizaynga ega. Rangi asosan oq rangdan iborat. Xavfsizlikni ta'minlash uchun tok ulanadigan joylari qizil plastmasadan. Uzunligi 2 m, 3 m, 5 m, 8 m, 10 metr. O'zbekistonda ishlab chiqarilgan.
Xavfsizlik choralari: Mahsulotni ishlatishdan oldin kabelni to'liq yechib oling. Uzaytirgichga ulangan elektr jihozlarining ruxsat etilgan quvvatidan oshirmang. Suyuqlik va begona narsalarning mahsulotga kirishiga yo'l qo'ymang. Mahsulotni qismlarga ajratmang. Bolalarga bermang.

