• Nashriyot: “Hilol Nashr”
• Nomi: Ulug‘lar shunday yashashgan
• Muallif: AHMAD MUHAMMAD TURSUN
• Hajmi: 600 bet
• O‘lchami: 150 × 22.5 sm
• Muqovasi: qattiq
• Alifbosi: kirill
• ISBN: 978-9943-9425-0-9
• +998930961777
Yozuvchi Ahmad Muhammad Tursunning “Hilol nashr” nashriyoti tomonidan nashr qilingan “Siz qanday yashamoqchisiz” kitobi o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va bir necha marta ko‘p nusxada nashr etildi. Shundan so‘ng muxlis o‘quvchilardan muallifga “Bu asar hozirda yashashni o‘rgatuvchi kitob bo‘libdi, qaniydi o‘tmishda hayot kechirgan ajdodlarimizning hayotlari, qay tarzda yashaganlari, axloq va fazilat bobida nimalarga e’tibor berganlari haqida bir kitob yozilsa edi, avvalgisini to‘ldiruvchi asar bo‘lardi” ma’nosidagi taklif va mulohazalar kela boshladi.
Ana shu takliflarni inobatga olgan yozuvchi oldingi kitobini mohiyat va mazmun jihatidan to‘ldiruvchi ushbu yangi asarini siz azizlarga taqdim etmoqda. Ilgari yashab o‘tgan ulug‘ olimlar donishmandlar, solih ajdodlarning ibrat bo‘luvchi hayot tarzlari, go‘zal fazilatlari, axloq odoblari haqida ajoyib hikoyat va rivoyatlar asosida bugungi zamondoshlarimiz uchun o‘ta muhim bo‘lgan tarbiya sohasida nimalarga e’tibor berish kerakligi haqidagi fikr mulohazalar o‘rin olgan. Ularni o‘qing, ibrat oling, ulug‘larga o‘xshashga intiling. Solih insonlarning hayot yo‘llari va fazilatlaridan o‘rnak olib, o‘z hayotingizni shu asosda ziynatlang.

