• Qaymoqsimon tekstura
• Barcha teri turlari uchun mos
Yuz va ko‘z atrof uchun ULTRA HD soft focus 12H nur qaytaruvchi konsiler
Konsiler ko‘z ostidagi qora halqalarni yoritadi va berkitadi. Teriga tabiiy jilo bag‘ishlaydi. Chidamliligi — 12 soat.
Yuksak pigmentli va jilo beruvchi formula ko‘z atrofini yoritadi, qora halqalar va pigment dog‘larni yashiradi, qizarishlarni berkitadi hamda teriga tabiiy nur bag‘ishlaydi.
"Yumshoq fokus" (soft focus) effektiga ega funksional fillerlar nurni aks ettirish orqali teridagi notekislik va kamchiliklarni vizual ravishda "yoyib" yuboradi — ajinlarni "to‘ldiradi", soyalarni kamaytiradi va nigohga tetiklik baxsh etadi. Yoshga doir o‘zgarishlari bor teri uchun ham mos keladi.
Namlantiruvchi komponentlar — Vitamin E, glitserin va ElfaMoist majmuasi terining uzoq muddatli namligini ta’minlaydi. Ularning yordamida konsiler qovoqlarning nozik terisini quritmaydi va tortishish hissini keltirib chiqarmaydi. O‘rtacha zichlikdagi krem-tekstura kamchiliklarni ishonchli berkitadi va osongina bir necha qatlam qilib surtish imkonini beradi.
Yuzda mutlaqo sezilmaydi. Yuqori chidamlilikka ega va 12 soat davomida qayta tuzatishni talab qilmaydi.


