Uiliam Kamkvamba: Shamolni bo‘ysundirgan bola
Qurg‘oqchilik uqubatlari sira arimaydigan Malavi qishlog‘idan bo‘lgan bir bola ko‘pchilik imkonsiz deb bilgan ishni qilishga jur’at etdi: keraksiz chiqindilar, zang bosgan temir-tersaklardan shamol parragi yasab, uyiga nur olib kirdi.
Uiliam Kamkvamba o‘z boshidan kechirgan bardosh va umidning cheksiz qudrati haqidagi hayot hikoyasi bilan ko‘pchilikka ilhom bag‘ishlasa ajab emas. U qiziqishlari ortidan qat’iyat bilan ergashib, nafaqat o‘z taqdirini, balki juda ko‘pchilikning qarashlarini ham o‘zgartira olgan.
Bu kitob inson salohiyatining mohiyatini ochib beradi, birgina irodali, ishtiyoqqa to‘la qalbning "Urinib ko‘rishdan qo‘rqmadim va uddaladim" degan ishonchi aql bovar qilmas ishlarga qodir ekanini ko‘rsatadi.
Ushbu asarni o‘qing, farzandlaringizga ham o‘qiting. Bolalaringizga sizdan qoladigan eng katta meros kurashuvchanlik ruhidir.
Saxifa 224
мукова юмшок

