"Men bir bandamni sevsam, uning eshituvchi qulog'i va ko'ruvchi ko'zi bo'laman. Endi u (gapirayotganda) Men (kalomim va hukmim) bilan gapira va (ko'rgan hamma narsasini) Men (bergan maxsus nazar) bilan ko'ra boshlaydi", deb keltiradi muallif, "Menta Alloh, kifoya" da. Bu kitob sizga Allohning sevimli bandasi bo'lishni, faqatgina Unga suyanishni, Unga tayanishni, faqat Undangina madad so'rashni o'rgatadi, desak mubolag'a bo'lmaydi. O'ylaymizki, Ugur Ko'sharning mazkur yangi ijod namunasi ham sizga manzur bo'ladi.
"Sen Robbingga ishq bilan bogʻlanki, har qanday muammo-yu musibat ishqqa aylansin"
“Menga Alloh kifoya” nomli ushbu yangi asar Allohning sevimli bandasi bo'lish va faqat Ungagina suyanishimiz kifoya ekanligi haqida bayon qiladi.
Ug'ur Ko'shar o'ziga hos uslubi, insonlardagi ruhiy-ma'naviy muammolarga yangicha yondashuvi bilan boshqalardan ajralib turadi. Uning kitoblari yengil o'qiladi, oson tushuniladi, lekin o'quvchiga katta manfaat keltiradi, ko'p narsalardan xabar beradi.
Qo'lingizdagi "Har narsadan tashvish chekma, ey ko'ngil" kitobi ham muallifning mana shunday yuqori darajadagi ijod na'munalaridandir. Unda inson ko'nglini, qalbini tarbiyalash, bezovtaliklardan, vasvasalardan xalos bo'lish haqida so'z boradi. Eng muhimi, muallif o'z fikrlarini aniq faktlar, baquvvat ma'naviy qarashlar ustiga quradi. O'ylaymizki, nashriyotimiz tomonidan e'tiboringizga havola qilinayotgan ushbu kitob siz azizlarga manzur bo'ladi.

