• Kolodka
• Udelenitel uchun kolodkalar
• Elektr udelenitel uchun kolodka
• 2-3-4 talik rozetka kolodkalari
Bu kalodka – bir rozetkani qo'shimcha rozetkalar bilan ta'minlash uchun qulay yechimdir. Uy, ofis va boshqa istalgan joyda elektr jihozlarni ulash uchun ishonchli tanlovdir. Mahsulot korpusi izolyatsiyalangan plastmassadan tayyorlangan va standart foydalanish uchun xavfsizlik talablariga javob beradi. Mis kontaktli ichki mexanizmlarga ega. 16A (3500W)gacha dosh beradigan udelinitel uchun kalodkalar. Nafis dizayn, ixcham ko’rinish va turli hil rozetka vilkalari mos keladigan udelinitel kalodkasi. Bunday mahsulotning chidamliligi va samaradorligi uni juda uzoq vaqt davomida ishlatish imkonini beradi.

Siz tanlovingizga qarab 2, 3 yoki 4 kontaktli turlarini tanlashingiz mumkin. Bu esa sizga bir elektr rozetkasidan bir vaqtning o’zida bir nechta qurilmani ulash imkonini beradi.
Ulanish juda oson. Siz uni oddiygina otvertka bilan ochishingiz va osongina simlarni ulashingiz mumkin. Kontaktlar (mis) oraliqlari yaqin emas, bu esa sizga xavfsizlik ya’ni qisqa tutashishlar bo’lmasligiga yordam beradi.
Muhim tavsiyalar:
- Kalodkaga elektr simlarini ulashda ehtiyotkor bo’ling. Simlar ochiq qolmasin, kontaktlarga mustaxkam ulang.
- Kalodkaga ulanadigan simlar diametri 0.75dan kam bo’lmasin. Bu kontaktlarning qizishiga va kalodkaga ulangan qurilmalarni tezroq ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
- Ishlatishdan oldin, ulangan qurilmalarning yuki ulagichning maksimal quvvat darajasiga (Maks 16A, 3500W) mos kelishiga ishonch hosil qiling.
- Bir vaqtning o’zida isitish pechkalari, Tefal, mikroto’lqinli pech, muzlatgich, kir yuvadigan mashina, konditsioner va boshqa yuqori kuchlanish talab etadigan qurilmalarni ulamang.
- Agar nosozlik kuzatilsa (kontaktlar uzulgan, singan yoki yaroqsiz) kalodkadan foydalanmang
- Agar imkon bo’lsa, mutahassis bilan maslahatlashing. Yoki internet orqali to’liq ma’lumot olib, so’ng ulang.

