• O'lchami: 130х200 mm
• Muallif: Masaru Ibuka
• Sahifalar soni:
• Muqovasi: Yumshoq
«Bu kitob- barcha yozilgan kitoblarning
eng muhimlaridan biri. Mening fikrimcha,
uni yer kurrasidagi barcha ota-onalar
o'qishlari kerak».
Glen Doman
Masaru Ibuka - «Sony» korporatsiyasi
asoschilaridan biri. Uning muhandislik
g'oyalari dunyoni o'zgartirdi va Yaponi-
yaning yetakchi mamlakatlardan biriga ayla-
nishiga yordam berdi.
Masaru Ibuka nomi butunlay boshqa
sohada ham hurmat qilinadi: bir necha o'n yil
avval uning go'daklik davridagi bolalar rivoj-
lanishi to'g'risidagi yangi nazariyasi an'anaviy
tushunchalarni butunlay o'zgartirib yubordi.
Masaru Ibuka ta'lim va jamiyatning shakl-
lanishida uning ahamiyati bilan doimo qiziq-
qan. Asta-sekin u bolalarning eng bosh-
lang'ich davrdagi ta'limiga diqqat-e'tiborini
qaratdi. Bu masalani chuqur tadqiq qilib, bir
qator kitoblar yozdi. Ulardan eng mashhuri -
«Uchdan keyin kech». Unda har bir go'dakda
erta rivojlanishga tabiiy talab mavjudligi,
uning kelajakdagi muvaffaqiyati ana shu
talabning qondirilishiga bog'liqligi ochib
berilgan.
«Yaponiya erta rivojlanish assotsiatsi-
yasi» va «Iste'dodlarni o'qitish» maktabini
tashkil etish ham Masaru Ibukaning xizmat-
lari sirasiga kiradi.

