Ubay UB-4C — professional 4D lazer darajasi bo‘lib, 16 ta yashil lazer chizig‘i bilan xona va obyektlarni 360° qamrab oladi. Qurilish, ta’mirlash va montaj ishlarida yuqori aniqlik va tezkorlikni ta’minlaydi.
• Model: UB-4C2
• Turi: 4D / 16 chiziq
• Lazer rangi: yashil
• Aniqlik: ±1 mm / 5 m
• Ish masofasi: 100 m gacha (qabul qilgich bilan)
• Quvvat: Li-Ion akkumulyator 3.7 V, 3600 mAh (×3)
• Ish vaqti: 4–6 soat har bir akkumulyator bilan
• Zaryad turi: Type-C (USB)
• Ish harorati: –5°C … +50°C
• O‘z-o‘zidan tekislanish: ±3°
• Korpus va shtativga o‘rnatish: standart 5/8″
• Himoya darajasi: IP54 (chang va suvga chidamli)
• Qo‘shimcha funksiyalar: masofadan boshqarish, sensor orqali yoqish, Bluetooth
• To‘plam og‘irligi: ≈2,8 kg
• Lazer daraja Ubay UB-4C2
• 3600 mAh Li-Ion akkumulyator — 2 dona
• Type-C zaryad kabeli
• USB adapter
• Pult (masofadan boshqarish)
• Magnit devor moslamasi
• Metall aylanuvchi baza
• Lazer nishoni (target)
• Lazer ko‘zoynak (yashil)
• Transport va saqlash uchun firmaviy quti
• Foydalanish bo‘yicha qo‘llanma
• 4D, 16 chiziq — xona va obyektni to‘liq qamrab oladi
• Yashil lazer — yorqin, uzoq masofada yaxshi ko‘rinadi
• ±1 mm / 5 m aniqlik — professional ishlarda ideal
• 100 metr masofagacha ishlash
• 2 ta kuchli akkumulyator — uzoq ishlash
• Type-C zaryad — tez va qulay
• Masofadan boshqarish va Bluetooth orqali boshqarish imkoniyati
• Sensor orqali yoqish funksiyasi
• Zarbalarga chidamli, IP54 himoya darajasi
• To‘liq komplekt — darhol ishga tayyor
1. KAFOLAT MUDDATI Mahsulot xarid qilingan kundan boshlab 6 oy kafolat bilan ta’minlanadi. Kafolat muddati davomida mijozga 1 marotaba servis xizmati ko‘rsatiladi. Keyingi texnik xizmatlar va ta’mirlash ishlari pullik asosda amalga oshiriladi. Kafolat faqat ishlab chiqarish nuqsonlari va foydalanish qoidalariga rioya qilingan holatlarga tatbiq etiladi.
2. MAHSULOTNI QAYTARISH Mahsulot xarid qilingan kundan boshlab 3 kun ichida, agar: ishlatilmagan bo‘lsa; qadoq va komplektatsiyasi to‘liq saqlangan bo‘lsa; tashqi ko‘rinishi buzilmagan bo‘lsa; qaytarilishi mumkin. Mahsulot ishlatilgan yoki 3 kunlik muddat o‘tgan bo‘lsa, qaytarish sharti amal qilmaydi. Tavsiya: Ishlatishdan oldin mahsulot, komplektatsiya va tashqi holatini tekshirib chiqing.
3. KAFOLAT QAMROVI Kafolat quyidagi asosiy qismlarga tatbiq etiladi: lazer moduli; avtomatik nivelirlash (pendulum) mexanizmi; asosiy elektron plata (PCB); ichki elektr simlari va ulanishlari; lazer nurini boshqarish tizimi. Ishlab chiqarish nuqsoni aniqlangan taqdirda ushbu qismlar ta’mirlanadi yoki almashtiriladi. Boshqa diagnostika, texnik xizmat va kafolatga kirmaydigan ehtiyot qismlar pullik asosda amalga oshiriladi. 4. KAFOLATGA KIRMAYDIGAN HOLATLAR
Kafolat quyidagi holatlarga tatbiq etilmaydi: noto‘g‘ri foydalanish; foydalanish qo‘llanmasidagi qoidalarga amal qilmaslik; mahsulotning yiqilishi yoki zarba olishi; mexanik shikastlanish; suv yoki boshqa suyuqlik tushishi; chang, sement yoki boshqa qurilish materiallari ta’sirida nosozlik yuzaga kelishi; ruxsatsiz ochish yoki ta’mirlash; noto‘g‘ri saqlash yoki tashish; elektr kuchlanishidagi keskin o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelgan nosozliklar; tabiiy eskirish.
5. SARF VA ESKIRUVCHI QISMLAR Quyidagi qismlar kafolatga kirmaydi: akkumulyator; zaryadlovchi qurilma; USB yoki zaryadlash kabeli; batareya qopqog‘i; lazer oynasi (himoya oynasi); rezina himoya qoplamalari; magnit kronshteyn; shtativ adapteri; lazer nishoni (target plate); tashqi korpus; tugmalar va rezina qopqoqlar.
6. SERVIS XIZMATI TARTIBI Kafolat xizmatidan foydalanish uchun: kafolat kitobi; xarid hujjati (chek yoki hisob-faktura) taqdim etilishi kerak. Mahsulot servis markaziga topshiriladi va diagnostika qilinadi. Diagnostika odatda 3 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Natija bo‘yicha mijoz bilan bog‘laniladi. MUHIM ESLATMA Mahsulotdan foydalanishdan oldin foydalanish qo‘llanmasini diqqat bilan o‘qing. Uzoq va xavfsiz ishlashi uchun: lazer oynasini doimo toza saqlang; mahsulotni yiqilish va kuchli zarbalardan asrang; namlik va yomg‘ir ta’siridan himoya qiling; tashish vaqtida pendulum qulfini (LOCK) holatiga o‘tkazing; faqat tavsiya etilgan akkumulyator va zaryadlovchi qurilmadan foydalaning.

