• Butun donli – donlarning foydasi to‘liq saqlangan
• Shakarsiz va sun’iy qo‘shimchasiz
• Tolaga boy – ovqat hazm qilishga yordam beradi
• Vitamin va minerallarga boy manba
• Non o‘rniga foydali tanlov
T-Y-Z GROUP – O‘zbekistonda butun donli nonchalar xalq ishlab chiqaruvchisi.
Butun donli nonchalar – foydali nonchalar.
TYZ nonchalari hech qanday ta’m va hid beruvchi qo‘shimchalarsiz ishlab chiqariladi. Faqatgina steviya va tuz qo‘shilishi mumkin. Bizning nonchalar tarkibida “portlagan” donlar bosilib turganini ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin.
Ma’lumki, ko‘plab dietik menyular tarkibida oddiy non chiqarib tashlanadi. Uning o‘rnini past kaloriyali va foydali moddalar bilan boyitilgan butun donli nonchalar egallaydi. Nonchalar oson hazm bo‘ladigan oqsil, vitaminlar, minerallar va tolaga boy. Tolalar esa, o‘z navbatida, me’da-ichak tizimining faol ishlashiga yordam beradi va foydali mikroorganizmlar uchun ajoyib muhit yaratadi. Shuningdek, u organizmdan toksinlarni chiqarishga ko‘maklashadi.
100–150 gramm nonchalarda tolalar miqdori 6 ta qora non bo‘lagi yoki 2,5 kg karamdagi miqdorga teng. Tolalarning ovqat hazm qilish yo‘llarini tozalash va moddalar almashinuvini tezlashtirish xususiyatlari dietadagi odamlar tomonidan juda qadrlanadi. Bundan tashqari, tolaga boy mahsulotlar organizmni tezroq to‘ydiradi va uzoq vaqt davomida to‘qlik hissini saqlaydi.
Nonchalarning qattiq tuzilishi ham muhim rol o‘ynaydi. Bu yaxshiroq chaynash, jag‘ mushaklarining faol ishlashi va ovqatning sekinroq me’daga tushishiga yordam beradi. Natijada ovqat va uning foydali komponentlari yaxshiroq o‘zlashtiriladi, to‘yinish tezroq keladi.


