Ushbu TWS simsiz quloqchinlari tiniq va o'zgacha hajmli ovoz hamda qulay dizaynni o'zida mukammal jamlagan. Bluetooth 5.0 zamonaviy versiyasi tufayli qurilmalarga tez va uzluksiz ulanadi. Smartfon ekranida ulanish animasiyasi (pop-up) paydo bo'ladi. Zaryadlash keysi bilan birga 12 soatgacha avtonom ishlash rejimini ta'minlaydi. Ixcham va yengil bo'lib, quloqda juda qulay o'tiradi va tushib ketmaydi. Musiqa tinglash, qo'ng'iroqlar qilish, sport bilan shug'ullanish hamda o'yinlar uchun juda mos keladi. To'plamda quvvatlash kabeli sovg'a sifatida taqdim etiladi.


