• AIKO TV Tumbalar
AIKO Vibe va AIKO Zayn TV tumblari — bu zamonaviy mehmonxona uchun uslub, qulaylik va sifatni o‘zida mujassam etgan ideal yechimdir. Har ikkala model ham minimalistik dizayn, aniq proporsiyalar va kundalik foydalanishda qulaylikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
AIKO Vibe TV tumbasi
Ixcham va zamonaviy dizaynga ega bo‘lgan ushbu tумba zamonaviy interyerlar uchun juda mos keladi. O‘lchamlari: eni 140 sm, chuqurligi 34 sm, balandligi 35 sm — televizor va zarur aksessuarlarni joylashtirish uchun qulay hajm.
Tumba Avstriyada ishlab chiqarilgan Kronospan LDSP materialidan tayyorlangan bo‘lib, mustahkamlik, uzoq xizmat muddati va estetik ko‘rinishni ta’minlaydi. Model 3 ta sig‘imli yashikka ega va ishonchli furnitura bilan jihozlangan. Push mexanizmi yordamida ochiladi — eshikchani barmoq bilan engil bosish kifoya, qo‘shimcha tutqichlarsiz ochiladi.
AIKO Vibe TV tumbasi to‘liq yig‘ilgan holatda yetkazib beriladi va darhol foydalanishga tayyor.
AIKO Zayn TV tumbasi
Kengroq va funksionalroq model bo‘lib, katta mehmonxonalar uchun mo‘ljallangan. O‘lchamlari: eni 150 sm, chuqurligi 36 sm, balandligi 54 sm. Balandligi va chuqurligi kattaroq bo‘lgani sababli tumba qulay saqlash imkonini beradi va interyerda mustahkam ko‘rinadi.
Tumba korpusi Avstriyada ishlab chiqarilgan Kronospan LDSP materialidan tayyorlangan. Model 2 ta yashikka ega bo‘lib, kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan ishonchli furnitura bilan jihozlangan. Tumba to‘liq yig‘ilgan holatda yetkazib beriladi, bu esa vaqtingizni tejaydi.
Biz AIKO kompaniyasimiz va mebel ishlab chiqaruvchimiz, shuning uchun mahsulotlarimiz sifatiga ishonamiz hamda TV tumblarga 12 oy kafolat beramiz.
Savollaringiz bormi? Bizga chat orqali yozing — mamnuniyat bilan yordam beramiz.

