TOVA do'konida taqdim etilgan 22.5 sm o'lchamdagi ushbu qulay tutqichli keramika likopcha oshxonangizning haqiqiy ko'rkiga aylanadi. U ham nonushta va tushliklarni chiroyli tortiq qilish, ham issiq taomlarni tayyorlash uchun qulay idishdir.
Mahsulot xususiyatlari:
Mahsulot turi: Tutqichli likopcha / Pishirish uchun keramika idish
Jamlanmasi: Tutqichli keramika idish (1 ta)
Uzunligi (tutqich bilan): 22.5 sm
Kengligi: 16 sm
Balandligi (chuqurligi): 3.4 sm
Materiali: 100% haroratga chidamli sirli keramika
Shakli: Burchaklari yumaloqlangan to'g'ri burchakli, tutqichli
Duxovkada foydalanish: Ha
Mikroto'lqinli pechda (SVCh) foydalanish: Ha
Idish yuvish mashinasida yuvish: Ha
Mahsulotning asosiy afzalliklari:
*Issiq taomni duxovka yoki mikroto'lqinli pechdan qo'lni kuydirmasdan olish imkonini beradi. Tutqichdagi maxsus teshikcha idishni oshxona devoriga osib qo'yish uchun ham juda qulay.
*Kartoshka, sabzavotlar, pasta, zapekankalarni pishirish hamda steyk, tuxum, salat, meva va shirinliklarni dasturxonga chiroyli tortish uchun juda mos keladi.
*Sifatli, ekologik toza va sirli keramikadan tayyorlangan. Yuqori haroratga chidamli, o'ziga yog', taom ranglari va begona hidlarni tortmaydi.
*TOVA do'konida ushbu idish 3 xil sarxil dizaynda taqdim etilgan — "Banan", "Tuxum" (och ko'k katak fonda) va "Tarvuz".
*Silliq sirli qoplamasi tufayli juda oson tozalanadi va idish yuvish mashinasida yuvish uchun to'liq mos keladi.

