• Roman
• Muqova: Yumshoq
• Til: O'zbek, lotin yozuvida
Sevimli yozuvchi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Gashimovning mazkur asarida afg‘on urushi voqealari, urush qatnashchilarining urushdan keyingi ruhiy kechinmalari asar qahramoni Rustam obrazi orqali yorqin tasvirlangan. Asarni o‘qigan o‘quvchi dunyoning naqadar buyukligini yana bir bor anglaydi.
Eʼtiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob O‘tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o‘quvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega.
Unda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan.
Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qatʼiy nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan, taqdirini el-yurti, xalqi, vatani taqdiri bilan bog‘lagan, farzandidan ayrilganida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo‘lgan boshqa sababni o‘zi uchun yarata olgan, hayotini sevgi-muhabbat tuyg‘ulari bilan bezamoqchi bo‘lgani holda urush hukmiga tobe bo‘lib qolgan insonlar qismatini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so‘ng bugungi o‘tayotgan tinch -omon hayotingiz, farzandlaringiz baxti uchun shukrona aytasiz. Asar aynan shu jihati bilan qalblarga yaqin.
"Dunyoning ishlari" qissasi O'zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri - O'tkir Hoshimovning eng ko'p nashr qilingan va sotilgan asarlaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat.
Bundagi odamlarning hammasini o'z ko'zim bilan ko'rganman. Faqat ba`zilarining ismlari o'zgartirildi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog'langan.
Dunyodagi hamma onalar farzandiga bo'lgan munosabat bobida bir-biriga juda o'xshaydi.
Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag'ishlanadi, aziz Onajonlar!"
"Nur borki, soya bor" romanida adib inson taqdiri, uning hayot - mamot o‘rtasidagi oniy lahzalik davr mobaynida boshidan kechirgan tuyg‘ularini yorqin bo‘yoqlarda tasvirlab bergan. Tiriklik atalmish daryo o‘zanida hamma qatori birdek oqish kerakmi yoki aksincha, oqimga qarshi suzib, haqiqat uchun kurashish kerakmi? Mana shunday savollarga javob topish mumkin bo‘lgan, ko‘ngilga yaqin bu asar sizni o‘ylashga, fikrlashga chorlaydi.
Sherzod ham jurnalist, ham xalq dardi bilan yashaydigan, haqparastlikni o‘ziga shior qilib olgan yigit. Kitobni o‘qir ekansiz, bu yigitni yaxshi ko‘rib, uning dard-u o‘ylariga sherik bo‘lib, mutolaa zavqidan bahramand bo‘lasiz.
"Daftar hoshiyasidagi bitiklar" yozuvchi O'tkir Hoshimov qalamiga mansub bo'lib, eng ko'p nashr etilgan va sotilgan asar hisoblanadi.
Har bir inson hayotdan ma’no izlaydi. Umri davomida ko‘rgan-kechirganlaridan saboq oladi. Hayotiy xulosalar chiqaradi. Ardoqli adib O‘tkir Hoshimovning kuzatishlari, hayotiy xulosalari qo‘lingizdagi ushbu kitobda o‘z ifodasini topgan.
Yozuvchining qatralab yig‘ilgan hayot falsafasi ko‘ngil mulkingizni boyitishiga ishonamiz.

