BIBS Colour so‘rg‘ichlari — bu 1978-yildan beri bozorda mavjud bo‘lgan mashhur BIBS so‘rg‘ichidir. Klassik dumaloq shakldagi so‘rg‘ich onaning ko‘kragiga o‘xshash forma va o‘lchamga ega bo‘lgani sababli, BIBS Colour yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun juda mos keladi. Muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda ham ishlatish mumkin.
"Colour Glow" so‘rg‘ichining halqasi yumshoq nur taratadi va uni qorong‘i xonada topish oson. Halqani zaryadlash uchun lampa ostida ikki daqiqaga qoldirish yetarli. Yorug'likni unga lyuminoforlarning kristallari beradi.
BIBS so‘rg‘ichlari ekologik, 100% xavfsiz materiallardan tayyorlanadi. So‘rg‘ich qismi tabiiy kauchuk (lateks)dan, qalqoncha (shildik), tutqich esa polipropilendan tayyorlanadi. Qalqonchaning egri shakli bolaning og‘zi atrofidagi sezgir teri bilan minimal aloqa bo‘lishini ta’minlaydi.
Har bir BIBS so‘rg‘ichida maxsus ventilyatsiya klapanlari mavjud bo‘lib, ular so‘rg‘ichni ortodontik jihatdan xavfsiz qiladi.

