Kitob muallifi — "Changbi" mukofoti va "Jeju 4.3" tinchlik adabiy mukofoti sohibasi, koreyalik yozuvchi Son Von-pyon.
Son Dan-mi — yomg‘irni tomosha qilishni yaxshi ko‘radigan va vebtun rassomi bo‘lishni orzu qiladigan oddiy maktab o‘quvchisi. Ammo bir kuni uning hayoti keskin o‘zgarib ketadi: tanasidan tulki dumi o‘sib chiqadi! Ma’lum bo‘lishicha, uning tomirlarida afsonaviy to‘qqiz dumli tulki ruhi — gumihoning qoni oqayotgan ekan. Gumiho ham do‘st, ham dushman bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, Dan-mi bu mavjudot bilan til topisha olarmikan va o‘zining yangi qiyofasini qabul qila olarmikan? Dum istalgan paytda paydo bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan bir vaziyatda u buni qanday qilib sir tuta oladi?

