• Mahsulot turi: tug‘ruqdan keyingi belbog‘ / Bengkung
• Mo‘ljallanishi: tug‘ruqdan keyin qomatni tiklash, qorin mushaklarini va belni qo‘llab-quvvatlash
• Material: 100% paxta Turkiya
• Uzunligi: 12-15–18–20 metr
• Eni: +-20 sm
• Og‘irligi: ~400–600 g
• Parvarish: 30°С da mashina yoki qo‘l bilan yuviladi, oqartirilmaydi
• Afzalliklari: mustahkam, nafas oladi, qorin va belni yaxshi fiksatsiya qiladi, bel og‘rig‘ini kamaytiradi
• Bandaj
• Korset
🤱BENKUNG – tug‘ruqdan keyingi professional tiklanish belbog‘i
BENKUNG — bu 12-15-18-20 metr uzunlikdagi maxsus matodan tayyorlangan an’anaviy bog‘lovchi belbog‘ bo‘lib, tug‘ruqdan keyin qorin va bel sohasini spiral shaklda o‘rab mahkamlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu usul Janubi-Sharqiy Osiyoda asrlar davomida qo‘llanilib keladi va ayol organizmining tabiiy tiklanish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi.
Mato qorin pastki qismidan boshlab ko‘krak ostigacha qatlam-qatlam o‘raladi. Bu:
Qorin mushaklarini bir tekis ushlab turadi
Ichki bosimni muvozanatlashtirishga yordam beradi
Qomatni tik saqlashga yordam beradi
Bel og‘rig‘ini kamaytirishga ko‘maklashadi
✔ Qorin terisining bo‘shashishini kamaytirishga yordam beradi
✔ Mushaklarni qo‘llab-quvvatlaydi
✔ Kundalik kiyim ostida bilinmaydi
✔ Tabiiy siqish beradi, harakatni cheklamaydi
✔ Oddiy tug‘ruq va kesarcha amaliyotdan keyin foydalanish mumkin (shifokor tavsiyasi bilan)
Kuniga 6–10 soat taqish mumkin
Tug‘ruqdan keyin 1–2 haftadan so‘ng boshlash tavsiya etiladi
30–40 kun davomida muntazam foydalanish yaxshi natija beradi
Paxtali mato havo o‘tkazadi, terlashni kamaytiradi va uzoq vaqt taqilganda noqulaylik tug‘dirmaydi. Elastan qo‘shimchasi matoning moslashuvchanligini oshiradi.
💎 BENKUNG — bu nafaqat belbog‘, balki tug‘ruqdan keyingi tiklanish davrida ishonchli yordamchi.
📏 Razmer setkasi
🟣 XS – 12 metr (kichkina tana tuzilishi bo`yi 155 smdan past)
🟣 S – 15 metr (ingichka tana tuzilishi bo`yi 165 sm gacha)
🟣 M – 18 metr (o‘rtacha tana tuzilishi bo`yi 165 smdan 175 smgacha)
🟣 L – 20 metr (kengroq tana tuzilishi bo`yi 175 smdan baland)




