Tualet oʻrindigʻi uchun yumshoq gʻilof-qoplama
Muzdek plastikni unuting va tualet xonasida oʻzingizga maksimal qulaylik taqdim eting. Tualet uchun moʻljallangan boʻrtma naqshli yumshoq gʻilof sovuq yuzaga oʻtirgandagi yoqimsiz tuygʻulardan xalos etadi, issiqlik, yumshoqlik bagʻishlaydi va sanuzelda shinamlik yaratadi.
Asosiy afzalliklari
Universal forma. Konstruksiyasi va ajoyib qayishqoqligi (elastikligi) evaziga gʻilof deyarli har qanday tualet oʻrindigʻiga mukammal mos tushadi. Oval, toʻrtburchak, D-simon va U-simon oʻrindiqlar uchun toʻgʻri keladi.
Qopqoqli va qopqoqsiz modellar uchun mos. Qoplama shunday loyihalashtirilganki, u qopqoqli va qopqoqsiz oʻrindiqlarga ham birdek mustahkam oʻtiradi. Bunda tualet qopqogʻi hech qanday qarshiliksiz, erkin yopiladi.
Noyob yumshoqlik va yoqimli faktura. Boʻrtma chiziqli hajm berilgan yumshoq material ushlaganda juda yoqimli, terini taʼsirlantirmaydi va issiqlikni saqlaydi.
Tanlash uchun 4 xil xushbichim rang. Assortimentda vannaxonaning har qanday interyeriga mos keladigan uslubli ranglar taqdim etilgan: bej (och jigarrang), koʻk melanj, kulrang melanj va uparangi (pudrovyiy).
Oson oʻrnatish va ishonchli fiksatsiya. Gʻilof bir necha sekundda oson kiygiziladi, oʻrindiqni jipslashib oʻrab oladi va foydalanish jarayonida sirgʻalib ketmaydi.
Oson parvarish va gigiyenik. Mahsulot qoʻlda yoki nozik (delikat) rejimda muntazam yuvishga chidamli, tez quriydi, shaklini yoqotmaydi, rangini tashlamaydi va uzoq vaqt ishlatilganda ham yumshoqligini saqlab qoladi.
Kimlarga koʻproq ma'qul keladi
Texnik xususiyatlari

