O‘g‘il bolalar uchun zamonaviy va chiroyli troyka komplekt. To‘plam kundalik kiyinish, sayr va turli tadbirlar uchun mos bo‘lib, zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi.
Komplekt tarkibi:
Kurtka — qora koja materialidan, zamonaviy fasonli, fermuarli va qulay cho‘ntaklarga ega.
Sviter — oq rangli, yumshoq paxtali materialdan, uzun yengli.
Shim — qora rangli, qalin va zich drap materialidan tikilgan. Klassik shim emas, bolalar uchun qulay fasonli.
Komplektdagi kiyimlarni alohida-alohida ham kiyish mumkin, shu sababli turli obrazlar yaratish qulay. Qora va oq ranglarning uyg‘unligi bolaga zamonaviy va tartibli ko‘rinish beradi.
O‘g‘il bolalar uchun kundalik kiyim, sayr, bog‘cha va bayramona obrazlar uchun mos tanlov.

