Retraktor brelok — kalit, karta, beydj va propusklarni qulay olib yurish uchun mo‘ljallangan foydali aksessuar. Ushbu modelning asosiy afzalligi — cho‘ziladigan trosi borligidadir. Shu sababli brelokni kiyimga, kamar yoki belbog‘ga, sumkaga, ryukzakka taqqan holda ham ishlatish mumkin, ya’ni undan foydalanish uchun yechib olish shart emas.
Masalan, kalitni ishlatish, kartani yaqinlashtirish yoki beydjni ko‘rsatish kerak bo‘lsa, uni shunchaki tortasiz, ishlatasiz va qo‘yib yuborasiz — tros avtomatik ravishda o‘z joyiga qaytadi. Bu esa kundalik hayotda juda qulay va vaqtni tejaydi.
Afzalliklari:
Uyda, ofisda, ish joyida, do‘konda, omborda, o‘qishda va boshqa ko‘plab holatlarda juda foydali. Ranglari: qora va oq.

