Eshkak eshish trenajori YACONSTAR — intellektual magnit qayiq trenajyori. Bitta trenajorda butun tana mashqi: qo‘l, oyoq, bel, orqa va qorin mushaklari bir vaqtda ishlaydi. Magnit qarshilik tizimi shovqinsiz ishlaydi, shuning uchun uyda, kvartirada bemalol mashq qilasiz.
Asosiy xususiyatlari
• Magnit qarshilik tizimi — mashq yuklamasini dastak bilan boshqarish
• Intellektual qarshilik — boshlovchidan sportchigacha turli darajalar
• Planshet uchun maxsus joy — mashq paytida video tomosha qilish
• Shovqinsiz ishlash — uyda tinch mashq
• 150 kg gacha yuklama
• Mustahkam po‘lat rels — barqaror va chidamli konstruksiya
• Ixcham dizayn — uyda kam joy egallaydi
• Oson yig‘ish
• LCD displey — vaqt, eshkak soni va kaloriya
• Keng pedallar, oyoq bog‘ichlari bilan
• Yumshoq, ergonomik o‘rindiq
Butun tana mashqi
Eshkak eshish harakatida tana mushaklarining 80% dan ortig‘i ishlaydi: oyoqlar itaradi, bel va qorin tanani ushlaydi, orqa va qo‘llar tortadi. Bitta mashq — kuch, chidamlilik va kardio birga. Bo‘g‘imlarga zarba yo‘q, shuning uchun yugurishga qaraganda xavfsizroq.
Foydasi
• Yog‘ yoqish va vazn kamaytirish
• Yurak va o‘pkani mustahkamlash
• Orqa mushaklari va qaddi-qomatni yaxshilash
• Qorin pressi va bel mushaklarini chiniqtirish
• Qo‘l va yelka kuchini oshirish
Kim uchun
Erkaklar va ayollar, 150 kg gacha. Ozishni xohlovchilar, sportchilar, ofisda ko‘p o‘tiradiganlar uchun orqa mushaklarini mustahkamlashga ajoyib sport trenajor.
To‘g‘ri texnika
1. Oyoqlarni pedallarga bog‘lab, o‘rindiqqa o‘tiring.
2. Tutqichni ikki qo‘llab ushlang, orqani tik tuting.
3. Avval oyoqlar bilan itaring, keyin tanani biroz orqaga og‘diring va qo‘llarni ko‘krakka torting.
4. Teskari tartibda boshlang‘ich holatga qayting.
Mashq rejasi
Haftada 3–5 marta 15–30 daqiqa. Yengil qarshilikdan boshlab, asta oshiring.
To‘plamda
• Trenajor qismlari, mahkamlagichlar, yo‘riqnoma

