TP-Link UA430 seriyasi fotoapparat, dron, telefon, videokamera va boshqa qurilmalardagi SD hamda microSD xotira kartalaridan ma'lumotlarni tezkor uzatish uchun mo‘ljallangan.
Qurilmalar USB 3.0 interfeysi orqali 5 Gbit/s gacha ma'lumot uzatishni qo‘llab-quvvatlaydi. UHS-I texnologiyasi yordamida mos xotira kartalarida 200 MB/s gacha o‘qish tezligiga erishiladi.
Ikki slot yordamida SD va microSD kartalarni bir vaqtning o‘zida o‘qish va yozish mumkin. Bu foto va videolarni nusxalash, 3D printer fayllarini uzatish yoki kartalar orasida ma'lumot almashishni ancha tezlashtiradi.
Aluminiy korpus va 150 mm uzunlikdagi o‘ralgan kabel qurilmani mustahkam va tashishga qulay qiladi. Plug & Play funksiyasi tufayli qo‘shimcha drayver o‘rnatish talab qilinmaydi.

