Mikrofiber salfetka ruloni – uy, ofis va avtomobilni toza saqlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy universal tozalash vositasi. Yuqori sifatli mikrofiber tolalardan tayyorlangan bo‘lib, chang, kir, yog‘, suv tomchilari va boshqa iflosliklarni oson tozalaydi. Yumshoq tuzilishi tufayli shisha, oyna, mebel, maishiy texnika, stol, kafel, lavabo, oshxona yuzalari va avtomobil salonini tirnamasdan tozalaydi.
Salfetkalar perforatsiyali rulon shaklida ishlab chiqarilgan bo‘lib, kerakli miqdorda oson uzib olinadi. Suvni juda yaxshi shimadi, tez quriydi, tuk va iz qoldirmaydi. Antibakterial xususiyatga ega bo‘lib, kundalik foydalanish uchun qulay. Bir necha marta yuvib qayta ishlatish mumkin, bu esa mablag‘ni tejaydi.
Afzalliklari:
Yuqori sifatli mikrofiber mato
Kuchli chang va kirni ushlaydi
Yog‘ dog‘larini oson ketkazadi
Suvni tez shimadi
Iz va tuk qoldirmaydi
Tirnamasdan tozalaydi
Qayta foydalanish mumkin
Antibakterial
Perforatsiyali, oson uziladi
Uy, oshxona, hammom, ofis va avtomobil uchun mos





