Kitob haqida:
Toyota. Yaponiya avtomobil gigantining gullab-yashnashining asl sabablari.
Toyota o‘zining yuksalish tarixini Yaponiya Ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘ziga kelayotgan bir paytda boshlagan. Istilo va to‘liq vayronagarchilik sharoitida konsern rahbariyati o‘zining samaradorligi jihatidan Genri Ford konveyerini ham, boshqa shunga o‘xshash yondashuvlarni ham ortda qoldiradigan ishlab chiqarish tizimini yaratdi. Ushbu kitob taniqli yapon jurnalisti tomonidan yozilgan haqiqiy biznes dostonidir. Unda u quyosh chiqayotgan mamlakat avtogiganti muvaffaqiyatining G'arb jamoatchiligidan yashiringan tomonini ko'rsatadi. O‘sha davrning madaniy-tarixiy voqealari prizmasi orqali uning muvaffaqiyat sabablarini tahlil qiladi va shu bilan birga, iqtisodiy turg‘unlik sharoitida omon qolishga majbur bo‘lgan zamonaviy biznesga umid bag‘ishlaydi.
Kitob tadbirkorlar, barcha darajadagi rahbarlar, iqtisodiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari va faol hayotiy pozitsiyaga ega insonlar uchun tavsiya etiladi.

