Katta qozonlarda ovqat tayyorlash, aralashtirish va agʻdarish uchun moʻljallangan professional kapkir. Toʻylar, hasharlar va umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun qulay tanlov.
Ishchi qismi: Zanglamas poʻlatdan yasalgan, yuqori haroratga chidamli va mustahkam.
Oʻlchamlari: Umumiy uzunligi 85 sm, ishchi yuzasi 16×14 sm. Uzun dasta qizigan qozon bilan ishlaganda xavfsizlikni taʼminlaydi.
Dastasi: Togʻ Qaragʻay yogʻochidan tayyorlangan boʻlib, qoʻlda sirgʻalib ketmaydi.
Himoya qoplami: Yogʻoch qismi lak bilan qoplangan. Bu namlik va tashqi taʼsirlardan himoya qilib, buyumning uzoq vaqt xizmat qilishini taʼminlaydi.

