Ushbu konstruktor yordamida haqiqiy qo‘l mehnati bilan tayyorlangan qush uyachasini yasash mumkin. Uni yig‘ishda elim ishlatilmaydi. Detallar maxsus teshik va tirkash o‘rinlari orqali bir-biriga ulanadi. Farzandingiz bu orqali o‘z ijodiy qobiliyatini rivojlantirib, ijod qilishi mumkin. Chunki uni bo‘yash va uy hovlisiga osib qo‘yish ham mumkin.
Bu konstruktor ko‘cha qushlari uchun ajoyib uycha bo‘lib xizmat qiladi. Konstruktsiyada uni osish uchun maxsus teshik ham ko‘zda tutilgan.
Har bir detal aniq va toza kesilgan. Boshqa mahsulotlar kabi pichoq bilan kesishga hojat yo‘q. Mahsulot qismlarga ajratilgan holatda yetkaziladi, konstruktor kabi yig‘iladi — elimlash yoki mahkamlash talab etilmaydi.

