TOTAL THT2K0301 to‘plami (3 dona) — 200 mm ploskagubtsa, 160 mm uzun tumshuqli ploskagubtsa va 160 mm yon kesgich (bokorez)dan iborat bo‘lib, turli xil ta’mirlash va montaj ishlarini bajarish uchun juda mos keladi.
Asboblarning ishchi qismlari yuqori mustahkam va zangga chidamli xrom-vanadiy po‘latdan tayyorlangan. Ular oksidlangan ishlovga ega bo‘lib, usti jilolangan (polirovka qilingan), bu esa ularning chidamliligi va samaradorligini oshiradi.
Tutqichlari termoplastik rezinadan yasalgan bo‘lib, ergonomik shaklga ega. Shu sababli asboblar qo‘lda qulay ushlanadi va ishlatish jarayonida noqulaylik tug‘dirmaydi.

