Ushbu kitob to‘siqlarni donoroq, kuchliroq va qat’iyatliroq bo‘lish yo‘lidagi imkoniyatlarga aylantirish hamda o‘zingiz istagan natijalarga erishish sari dadil qadam tashlash haqida so‘z yuritadi.
Bundan deyarli ikki ming yil muqaddam buyuk Rim imperatori Mark Avreliy shunday deb yozgan edi: "Harakatga to‘sqinlik qiluvchi narsa aslida harakatni ilgari suradi. Yo‘lda uchragan g‘ovning o‘zi yo‘lga aylanadi". Bu har qanday salbiy vaziyatni yengib o‘tish bo‘yicha tarixda ma’lum bo‘lgan eng samarali usullardan birining lo‘nda ifodasi edi. Uning asosiy mohiyati shundaki, maqsadlaringizga erishish uchun vaziyatni o‘z foydangizga burishingiz, kuchingizni haqiqatan ham o‘zgartira oladigan narsalarga yo‘naltirishingiz hamda uni hissiy iztiroblarga yoki sodir bo‘layotgan barcha narsani haddan tashqari ko‘p tahlil qilishga sarflamasligingiz kerak. Maqsadga erishishning har doim boshqa bir yo‘li mavjud.

