• 12 V quvvatlanish — avtomobil tarmog‘iga ulanish.
• Isitish darajasini sozlash tugmasi — qulay haroratni tanlash.
• 120 sm kabel uzunligi — orqa qatorda foydalanish uchun qulay.
• Universal qora rang — har qanday salon dizayniga mos.
• Oson o‘rnatish — qo‘shimcha o‘zgartirishlarsiz.
TORSO orqa o‘rindiq uchun isitiladigan nakidka
TORSO isitiladigan nakidka — sovuq mavsumda orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilarga qulaylik va iliqlik beradigan oddiy va qulay yechim. Standart o‘rindiqlarga mos keladi, 120 sm uzunlikdagi kabel esa avtomobilning 12 V tarmog‘iga oson ulanish imkonini beradi.
Isitish darajasini sozlash tugmasi ob-havo va kayfiyatga qarab qulay haroratni tanlash imkonini beradi. Minimalistik qora dizayn esa salonning umumiy ko‘rinishiga uyg‘un tushadi. O‘rnatish juda oddiy: qo‘yish, ulash — va tayyor.
Nakidka oilaviy safarlar, dala hovliga chiqishlar yoki tonggi sovuq yo‘llar uchun ayni muddao.
______________________________________
Ishlab chiqaruvchi eslatmasi:
Naqidka ichiga o‘rnatilgan xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan. U faqat foydalanuvchi ustiga o‘tirgandan keyin qizishni boshlaydi. Qizdiruvchi element naqidka yuzasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontakt bo‘lgandan keyin ishga tushadi. Bu esa ortiqcha qizib ketishni oldini oladi va qurilmaning bo‘sh holatda ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi.
______________________________________
Foydalanish va parvarishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar
Avtomobil rozetkasidagi kuchlanish 12 V ekanligini tekshiring.
Nakidkani orqa o‘rindiqqa tekis joylashtiring va kerak bo‘lsa mahkamlang.
Kabelni 12 V manbaiga ulang va regulyatorni yoqing.
Nakidkani qarovsiz yoqilgan holda qoldirmang; mashina to‘xtaganida o‘chiring.
Tozalash uchun yumshoq nam mato ishlating, suvga botirmang.
Saqlashdan oldin quriting, kabelni bukmang, quruq joyda saqlang.