Aleks Stern Yel universitetining boshqa birinchi kurs talabalariga o‘xshamaydi. U Los-Anjeles chekkasida o‘sgan, maktabni erta tashlab ketgan, yomon bolalar bilan do‘stlashgan va tasodifiy ishlar bilan kun kechirgan. Yigirma yoshida Aleks dahshatli qirg‘indan omon qoldi - va bu fojia tufayli sirli ravishda dunyoning eng nufuzli universitetlaridan birida talaba bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Nega aynan u? Buning siri nimada? Nyu-Xeyvenda Aleksni qiynayotgan savollarga yangilari qo‘shiladi. Taqiqlangan sehr-jodu, maxfiy jamiyatlar, Ayvi ligasi buzuq elitasi... Yelning qadimiy, odobli devorlari ortida qanday dahshatli sirlar yashiringan?

