• toshli, yopishib turadigan
• barcha fasllar uchun
• tez kiyiladi, sirg‘alib ketmaydi
To‘q ko‘k rangdagi toshli tayyor boni ro‘mol zamonaviy va didli ayollar uchun juda chiroyli va qulay aksessuar. Bir qarashda oddiy, lekin ustidagi nafis toshlari bilan juda ko‘rkam ko‘rinadi. Kiyib oldim, tayyor uslubidagi bu ro‘mol kundalik hayotda ham, bayram va tadbirlarda ham juda mos keladi.
Boni shaklida tikilgani sababli boshga juda yaxshi yopishib turadi, sirg‘alib ketmaydi va qayta-qayta tuzatishga hojat qoldirmaydi. Ayniqsa shoshilinch paytlarda juda qo‘l keladi tez kiyiladi va chiroyli turadi.
Matosi yumshoq, sifatli va nafas oladigan bo‘lib, teriga yoqimli. Yozda dimlab yubormaydi, qishda esa biroz iliqlik beradi. Kun bo‘yi taqib yursangiz ham bezovta qilmaydi.
Ushbu ro‘molni namoz uchun ham bemalol ishlatish mumkin boshni to‘liq yopadi va qulaylik beradi. Ichki ro‘mol sifatida ham juda yaxshi variant. Sochni tartibli ushlab turadi va ustidan boshqa ro‘mol bilan ham zo‘r kombinatsiya bo‘ladi.
To‘q ko‘k rang juda universal rang bo‘lib, ko‘plab kiyimlar bilan mos tushadi. Toshli dizayni esa unga yanada nafislik va joziba qo‘shadi. Sovg‘a uchun ham zo‘r variant.
Yuvishga oson, rangini yo‘qotmaydi va uzoq vaqt xizmat qiladi. Agar siz chiroyli, sifatli va trenddagi ro‘mol izlayotgan bo‘lsangiz aynan shu model siz uchun.

