Pardoz uzoq muddatli va chiroyli bo’lishida birinchi qadam bu pardoz asosining sifatli va to’g’ri tanlanishida.Agar teringiz kombinatsiyali yog’liga moyil yoki yog’li bo'lsa matlashtiruvchi asos Skin Editor sizga mukammal pardoz yaratishga yordam beradi.
Praymer komponentlari ortiqcha yog’ni o’ziga shimib oladi va tonal kremi ajralib oqib tushishiga yo’l qo’ymaydi. Yuz rel’yefini tekislaydi, ajinlarni to’ldirib ularni ko’rintirmaydi, yuz tonini to’g’rilab uni tonal kremi surtishga tayyorlaydi. Tarkibidagi Kalendula va Romashka yog’i terini parvarishlaydi. Professional pardozchilar tanlovi.

