“Top va ko‘rsat, bolajon” — kichkintoylar uchun mo‘ljallangan qiziqarli va rivojlantiruvchi kitob-o‘yinlar turkumi. Kitoblarda hayvonlar, transport, mashinalar, kun tartibi, okean va dengiz dunyosi kabi bolalar sevib tomosha qiladigan turli mavzular jamlangan.
Har bir sahifa yorqin rasmlar, qiziqarli elementlar va “top va ko‘rsat” mashqlari bilan boyitilgan bo‘lib, bolalarda kuzatuvchanlik, diqqat va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi. Bolalar rasmlar orasidan kerakli predmetlarni topish orqali yangi so‘zlarni o‘rganadi va atrof-muhitni yaxshiroq taniydi.
Qalin karton sahifalar kichik yoshdagi bolalar uchun qulay va mustahkam tayyorlangan. Kitoblar bolalarning mustaqil fikrlashi, tasavvuri va nutq rivojlanishiga yordam beradi.
Farzandingiz uchun foydali, qiziqarli va unutilmas sovg‘a!

